» » Interpolning sobiq rahbari pora olganini tan oldi

Interpolning sobiq rahbari pora olganini tan oldi


Interpolning sobiq rahbari, Xitoyning jamoat xafvsizligi sobiq vaziri Men Xunvey pora olganlik aybini tan oldi. Bu haqda Xitoyning Oliy xalq prokuraturasi saytida ma’lum qilingan.

Tyanszin sudi ma’lumotiga ko‘ra, Men o‘z lavozimidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanib, pul va qimmatbaho sovg‘alar qabul qilgan. Uning qonunbuzarligi 14,46 million yuan (taxminan 2 million dollar)ga baholanmoqda.

Men Xunvey 2018-yilning 29-sentabrida Fransiyadan Xitoyga jo‘nab ketganidan so‘ng yo‘qolgan. Keyinchalik u korrupsiyadan gumonlanib Xitoy hukumati tomonidan qo‘lga olgangani ma’lum bo‘lgan. U egallab turgan lavozimi tark etishga majbur bo‘lgan. Keyinchalik uning rafiqasi Greys Men shikoyat yozib, bir guruh noma’lum shaxslar uni o‘g‘irlab ketishga uringanini aytgan.

Interpolning yangi prezidenti etib Koreya respubikasidan bo‘lgan Kim Chon Yan saylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют