» » Davlat xizmatlari markazlarida bolalarni maktabga qabul qilish tizimi vaqtincha ishdan chiqdi

Davlat xizmatlari markazlarida bolalarni maktabga qabul qilish tizimi vaqtincha ishdan chiqdi


20-iyun kuni tongda ayrim texnik nosozliklar sabab, bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish tizimi vaqtincha ishdan chiqdi, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.

Davlat xizmatlari agentligi mutaxassislari tomonidan mazkur muammo tezkorlik bilan bartaraf etildi. Belgilangan 81 ta maktabga qabul poytaxtning barcha Davlat xizmatlari markazlarida 21-iyun kuni soat 9:00 dan boshlanadi.

Tez kunlarda esa hujjatlarni onlayn tartibda my.gov.uz portali orqali olish imkoni yaratiladi.

Davlat xizmatlari agentligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab qolgan.

Ma’lumot uchun: Maktablarga hujjatlarni Davlat xizmatlari markazi orqali topshirish uchun faqatgina 2 ta hujjat talab etiladi:

- ota-onaning pasportlari;

- bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi.

Eslatib o‘tamiz, 20-iyun kuni O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlandi. Toshkent shahridagi 81 ta talab yuqori maktablarda 1-sinfga qabul jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga qolgan 9610 ta maktabda qabul jarayoni ta’lim muassasasining o‘zida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют