» » Innovatsion rivojlanish vaziri maslahatchisi Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi

Innovatsion rivojlanish vaziri maslahatchisi Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi


Innovatsion rivojlanish vazirining maslahatchisi Karsten Xayns boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda “Yevropa rivojlanish kunlari” xalqaro forumida ishtirok etdi.Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yevropaning mazkur nufuzli keng qamrovli tadbiri mamlakatlarning rivojlanish va moliyaviy-texnik hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, YEI komissiyasi tomonidan 2006-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Unda har yili turli muassasalar va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, donorlar, retsipiyentlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektor va fuqarolik jamiyatlari vakillaridan iborat 8 ming nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Mazkur forum doirasida Innovatsion rivojlanish vaziri maslahatchisi Karsten Xayns Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi. Britaniyalik siyosatchi Yevropaning ko‘plab yetakchi siyosatchilari, jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar vakillari qatorida xalqaro forumida ishtirok etish uchun kelgan.

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari to‘g‘risida suhbatlashdi. T. Bler mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zbek hamkorlar bilan yaqindan aloqa bog‘lashga qiziqish bildirdi.

Ishchi tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Bryussel savdo-sanoat palatasi, Yevropa tashqi aloqalar xizmati, Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha bosh direktorati hamda Tadqiqotlar va innovatsiyalar bosh direktorati mas’ullari bilan muzokaralar olib bordi.

K. Xayns Bryussel savdo-sanoat palatasining ijrochi direktori Olivye Villokka O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqining ikki tomonlama dasturlari doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha taklif berdi. O‘zbekistonning innovatsion faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun Villok 2019-yilning 29—31-oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tadigan InnoWeek innovatsion g‘oyalar haftaligiga taklif etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют