» » Hisob palatasining moliyaviy nazoratning oliy organi sifatidagi maqomi mustahkamlanmoqda 

Hisob palatasining moliyaviy nazoratning oliy organi sifatidagi maqomi mustahkamlanmoqda 


Senatning 20-yalpi majlisida parlament a’zolari “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

• Qonunda Hisob palatasining davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organi sifatida huquqiy maqomi mustahkamlanmoqda.

• Hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilar:

• Davlat budjeti loyihasi parametrlarini shakllantirishni tizimli tahlil qilish

• Qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligi auditini amalga oshirish.

• Budjet mablag‘lari tushumlarining to‘liqligini o‘rganish hamda nazorat qilish.

• Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini aniqlash va safarbar qilish

• Amalga oshirilayotgan byudjet xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan o‘tkazish.

• Bu xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash.

Bundan tashqari, Hisob palatasi byudjet mablag‘lari va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini baholaydi, soliq, bojxona va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga, budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar kiritadi, respublika byudjeti hamda mahalliy budjetlar o‘rtasidagi nisbatning maqbulligini baholaydi, Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi, pul-kredit va valyuta siyosatini, mamlakat aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan o‘tkazadi.

Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik va shaffoflikdan iboratdir. Bundan tashqari, Qonun normalarida Hisob palatasining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi mexanizmlari belgilanmoqda, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish, mansabdor shaxslarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish masalalari, shu jumladan Hisob palatasi xodimlarini huquqiy himoya qilish kafolatlari, Hisob palatasi mansabdor shaxslarini moddiy va ijtimoiy ta’minlash, Hisob palatasini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash masalalari tartibga solinmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют