» » PSJ Neymarning narxini e’lon qildi

PSJ Neymarning narxini e’lon qildi


PSJ rahbariyati jamoa hujumchisi Neymarni arzon narxga sotmoqchi emas.

LeParisien’ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, parijliklarning asosiy vazifasi braziliyalikdan qutulish emas, shu sababli klub futbolchining transferini 300 million yevroga baholamoqda.

Ayni damda Neymar uchun “Real” hamda “Barselona” asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi. Ammo PSJ boshqa klublar takliflarini ham ko‘rib chiqishga tayyor.

Avvalroq PSJ Neymar uchun “Real”dan yarim himoyachi Kazemiro va 100 million yevordan ortiq mablag‘ xohlayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Keyinroq esa klub “Barselona”ning 3 nafar futbolchisi Samyuel Umtiti, Ivan Rakitich yoki Usmon Dembeledan birini Neymar transferiga kiritishlarini so‘ragani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют