» » Sobiq bosh prokurorga nisbatan ochilgan jinoiy ish, Gruziyadagi tartibsizliklar, Senat majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar va kunning boshqa xabarlari

Sobiq bosh prokurorga nisbatan ochilgan jinoiy ish, Gruziyadagi tartibsizliklar, Senat majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar va kunning boshqa xabarlari


21-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Bu haqda Senatdagi chiqishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qilgan. “Prokurorlar poraxo‘r bo‘lsa, rivojlanish bo‘lmaydi. Nimaga biz ikkinchi Bosh prokurorni jinoiy javobgarlikka tortyapmiz? Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U viloyat prokurorlaridan 100 ming, tuman prokurorlaridan 50 ming dollardan pora olgan”, — dedi Prezident.

***

Tbilisida rossiyalik deputatning parlamentdagi chiqishi tufayli norozilik aksiyalari boshlandi.

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Moskvani mamlakatdagi holatni beqarorlashtirishda aybladi.

Gruziyada norozilik aksiyalaridan keyin parlament spikeri iste’foga chiqdi.

Mamlakatdagi norozilik namoyishlari chog‘ida 300 dan ortiq kishi hibsga olindi.

***

21-iyun kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi ochildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Senat raisi lavozimiga Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etdi.

Senatorlar “Turizm to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi.

Prezident Senat tarkibida gender tenglik masalalari bo‘yicha qo‘mita tashkil etishni taklif qildi.

Senatorlar tomonidan Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Karmana tumanidagi 1 097,58 ga yer Navoiy shahri tarkibiga o‘tkaziladi.

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

O‘zbekistonda qurol muomalasini tartibga soluvchi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

***

O‘zbekistondagi teleshou tashkilotchilari jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Qonunchilik palatasida 20-iyun kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi “Milliy axborot makonida milliy manfaatlar: bugungi holat va istiqbol” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

“Boriga baraka”, “Omad shou”, “Millioner shou”, “Oltin kalit” kabi ko‘rsatuvlar negizida mehnat qilmasdan oson pul topish, o‘zgalarning hisobidan bir zumda boyib ketish kabi chalg‘ituvchi g‘oyalar borligi tilga olingan.

***

Buxoroda “Madaniyat” kollejini buzish vaqtida yer osti tunneli topildi.

U Chorbakrga olib boruvchi Amir Olimxon tunneli deb taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют