» » Shavkat Mirziyoyev Otabek Murodov haqida: U viloyat prokurorlaridan 100 ming, tuman prokurorlaridan 50 ming dollardan pora olgan 

Shavkat Mirziyoyev Otabek Murodov haqida: U viloyat prokurorlaridan 100 ming, tuman prokurorlaridan 50 ming dollardan pora olgan 


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida so‘zlagan nutqida sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

“Prokurorlar poraxo‘r bo‘lsa, rivojlanish bo‘lmaydi. Nimaga biz ikkinchi Bosh prokurorni jinoiy javobgarlikka tortyapmiz? Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. U viloyat prokurorlaridan 100 ming, tuman prokurorlaridan 50 ming dollardan pora olgan.

Abdullayev ham, bunisi ham uzoq muddatlarga qamaladi. Ko‘rasizlar, hali. Qonun barchaga barobar. Pora oldimi, jinoyat qildimi, qilmishiga yarasha javob beradi.

Biz odamlar ishonib, katta lavozimga tayinlaymiz. Ular esa darrov poraxo‘rlikka o‘tadi. Kim baxt topgan poradan, 10 ta uydan? 2 xonali uyda yashading nima, 20 ta xonali uyda yashading nima? Baribir 20 ta xonada yashamaymizku? Faqat oshxonaga va yotoqxonaga kiramiz. Baxt tinchlik-totuvlik, salomatlik, farzandlar va nabiralar baxtida, kulgusida emasmi?”, — deydi prezident.

Shavkat Mirziyoyev yangi Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

“U uzoq yillar prokuratura organlarida xizmat qilgan. Men Nig‘matilla Yo‘ldoshevni uzoq yillardan beri bilaman. Halol, pok odam.

U olti oydan keyin menga faoliyati bo‘yicha hisobot beradi. Tizimda eski to‘dadan hech kim qolmaydi. Yoki prokuraturani keskin qisqartirib tashlayman, yoki ko‘plab xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi Adliya vazirligi tarkibiga kiritib yuboraman”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют