» » Shavkat Mirziyoyev fuqarolarni Suriyadan qaytarish qiyinchiliklari haqida: Samolyotimizni urib tushirish bilan tahdid qilishdi 

Shavkat Mirziyoyev fuqarolarni Suriyadan qaytarish qiyinchiliklari haqida: Samolyotimizni urib tushirish bilan tahdid qilishdi 


Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 156 nafar ayollar va bolalarni Suriyadan qaytarish mashaqqatlari haqida so‘zlab berdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Suriyadan fuqarolarimizni katta qiyinchilik bilan olib keldik. U yerga uchgan birinchi samolyotimizni urib tushirish bilan tahdid qilishdi. Menga qo‘ng‘iroq bo‘ldi, urib tushirishmoqchi deb. Men eng yaqin aeroportga qo‘nish haqida topshiriq berdim. Ular Ozarbayjonga qo‘nib, keyin ortga qaytishdi.

Jangarilar lageriga 5 ta avtobusimiz kirib, 2 tasi qaytib chiqdi. Qolgan fuqarolarimizni bermadi. U yerda bizning odamlarimiz, ayollar, ularning bolalari yuribdi.

Bu ayollar nima uchun ketib qolgan, nimani izlab borgan? Sabab nima? Parlamentdan bu mavzuda, ular bilan ishlash bo‘yicha taklif kutgandim. Lekin hech kimdan hech qanaqa gap chiqqani yo‘q”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют