» » Grozniyda Qodirovning kafolati ostida Suriyadan qaytib kelgan ikki ayol qo‘lga olindi

Grozniyda Qodirovning kafolati ostida Suriyadan qaytib kelgan ikki ayol qo‘lga olindi


Dog‘iston politsiyasi Chechenistonning Grozniy shahrida Suriyadan Rossiyaga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning kafolati ostida qaytib kelgan ikki nafar dog‘istonlik ayolni qo‘lga oldi, deb yozadi Meduza. Ayollarga ularni noqonuniy qurolli guruhlarga aralashganlik haqidagi modda bo‘yicha javobgarlikka tortmasliklariga va’da berishgan edi.

Ramzan Qodirov rahbarligi ostidagi kampaniya doirasida Suriyadan uchib kelgan samolyotda yetti ayol va ularning farzandlari bo‘lgan. Chechenistonlik ayollar uylariga jo‘nab ketgan, ammo dog‘istonlik ikki ayolni Dog‘iston politsiyasi qo‘lga olgan, ularning farzandlarini ularni kutib olgan qarindoshlariga topshirishgan.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar noqonuniy qurolli guruhlarga aralashganlik haqidagi modda bo‘yicha federal qidiruvda bo‘lgan. Ularning onalari aytishicha, ikkala qizni ham Suriya hududiga o‘z erlari aldab olib ketgan, ular bolalarini tarbiyalash bilan shug‘ullanib, jangovar harakatlarda qatnashmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют