» » Chechenistonda Ramzan Qodirovning buyrug‘i bilan 948 ta oila yarashtirildi

Chechenistonda Ramzan Qodirovning buyrug‘i bilan 948 ta oila yarashtirildi


Iyul boshida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ajrashgan er-xotinlarni yarashtirish kerakligini aytgan edi, deb yozadi Meduza. U noto‘la tarkibli oilalarning farzandlari ekstremistlar ta’siriga ko‘proq moyil ekanligini ta’kidladi.

Er-xotinlarni yarashtirish bilan maxsus komissiyalar diniy arboblar ishtirokida shug‘ullanadi. Ajrashgan er-xotinlarni nikoh-oila munosabatlarini uyg‘unlashtirish shtabiga alohida-alohida taklif qilishadi va yarashishga chaqirishadi. Ba’zi holatlarda oqsoqollarni ham ishga solishadi. Ba’zan xotin ikkinchi marta uylanib bo‘lgan eriga qaytadi va unga ikkinchi xotin bo‘ladi.

21-avgust kuni Checheniston televideniyesi 948 ta oila qayta tiklanganini ma’lum qildi. Bunday muvaffaqiyat “Ramzan Qodirov tomonidan shunday puxtalik bilan ishlab chiqilgan ushbu dasturni amalga oshirishda hech qanday qiyinchiliklar yuzaga kelmayotganligi” bilan izohlandi.

Grozniyda yashovchi ayollardan birining aytishicha, hukumat yarashishni taklif qilgan paytda asosiy dalil sifatida Qodirovning ra’yini keltiradi. “Ya’ni siz rad javobi bersangiz, nafaqat din qoidalariga, balki Qodirovning ra’yiga ham qarshi borayotgan bo‘lasiz. Bu bosim o‘tkazishning ana shunday shakli”, — dedi u.

Chechenistonliklar Ramzan Qodirovning sobiq turmush o‘rtoqlari bilan yarashishga da’vatini turlicha qabul qilmoqda. Ba’zi ayollar erlari bilan qolgan farzandlari bilan ko‘rishish uchun qaytmoqda. Televideniye bu haqda syujetlar tasvirga olmoqda. Boshqalar esa bunga keskin qarshi chiqmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют