» » Video: Suriya jangohlaridan qaytgan ayol bilan suhbat

Video: Suriya jangohlaridan qaytgan ayol bilan suhbat


YouTubegi Oq va qora kanalida Suriyadan Ozbekistonga olib kelingan ayollar bilan otkazilgan intervyudan parcha elon qilindi. Unda qoqonlik Inoyatova Muslima ismli ayol boshidan otkazgan qiyinchiliklari haqida sozlab bergan.

2012-yili iqtisodiy sabablarga kora Turkiyaga ishlagani bordik. Dadasi ham, men ham u yerda ishladik.Turkiyadaqizimizni ozini qirgizistonlik Azamatman deb tanishtirgan yigitga turmushga berdik. Qizim homilador bolgan vaqtda ular yoq bolib qolishdi. Keyinchalik kuyovim Suriyada vafot etganini eshitdik. Tanish-bilishlar orqali qizimni olib kelish niyatida Suriyaga bordik. Borganimizdan keyin bizni olib kelgan odamni ozi mamlakatdan chiqib ketdi, biz esa qolib ketdik.

U yerda ham qizimga sovchilar kela boshladi. Biz bermay turaverdik.Suriyadagilar fitna qilib, gap-sozlarni kopaytira boshlashdi. Suriyadan chiqib ketishmoqchi shekilli bular deyishdi. Dadasi ishga kirmagani uchun uni ham gapirishdi. Dadasi oshpaz bolib ishga kiribuzoqroqqa ketganida, biz qiynalib qolardik. Shu sababli qizimizni yana bir bor turmushga berdik.

Ikki yil ichida shaharlarimiz ketib, biz Taqqa degan joyga kelib qoldik. Qizimni ikki eri 2017-yilning aprelida vafot etdi. Chiqib ketishga harakat qildik, lekin iloji bolmadi. Balki bu ham yaxshilikka bolgandir. Chunki chiqib ketganlarni (Suriyadan) eshitdik, Idlibda erkaklarini kopchiligi otilib,faqat ayollariqoldi deyishdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bizni togri tushungan holda bizni olib chiqdilar. U yerdagi koplab mazlumalar bizga xavas qilganicha qoldi. Endi umid qilaman yollar ochilib, dadasi ham chiqib qolsa. Biz adashganimizni Suriyaga kirishdan oldin ham his qilganmiz.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-06-2019, 09:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -