» » Prezident Shavkat Mirziyoyev: Biz sharoit yaratib bermaganimiz uchun odamlar Suriyaga ketgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev: Biz sharoit yaratib bermaganimiz uchun odamlar Suriyaga ketgan


Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimligida o‘tayotgan faollar yig‘ilishi davomida Suriyadan qaytarilgan 156 nafar o‘zbekistonlik haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Kecha Suriyadan kelgan 15 yashar qiz ona bo‘lgan. Qani uning otasi? Qizning ota-onasi qayerda?.. Ularni Vatanga olib kelishning o‘zi bo‘lgani yo‘q...

Uyat bo‘lsa ham aytish kerak, 156 nafar Suriyaga ketganlar nima uchun ketgan? Kimni izlab ketgan? Tan olish kerak, biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan!..

Men Konstitutsiyaga ko‘ra chora ko‘rishim kerak aslida. Lekin, men unday qilmayman. Chunki, ular o‘zbek, bizning vatandoshlarimiz!..

Ularni Vatanga olib kelish azob bo‘ldi. Juda og‘ir bo‘ldi. Biz hammamiz bu holatni chuqur o‘ylashimiz kerak...”, — deb aytgan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, 30-may kuni 156 nafar o‘zbekiston ayollar va bolalar Suriya poytaxti Damashqdan O‘zbekistonga maxsus reys bilan olib kelingan edi. Hozirda ularning reabilitatsiya va jamiyatga qayta moslashishlari uchun yordam ko‘rsatish ishlari boshlab yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют