» » Shavkat Mirziyoyev: Samarqandga 5 million turist olib kelmasak, odamlarni boqa olmaymiz (video)

Shavkat Mirziyoyev: Samarqandga 5 million turist olib kelmasak, odamlarni boqa olmaymiz (video)


Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 17-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan maxsus reportaj “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish etildi.

Prezident o‘z nutqida Samarqandni rivojlantirishning qator yo‘nalishlarini ta’kidlab o‘tdi. Bu — hududni sanoatlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va turizmni taraqqiy ettirishdir.

Samarqand iqtisodiyotining bitta-yu bitta yo‘li — sanoatni rivojlantirishimiz kerak. Bitta-yu bitta yo‘li — tadbirkorlikni rivojlantirishimiz kerak. Bitta-yu bitta yo‘li — besh million turist olib kelmasak, biz Samarqandni boqa olmaymiz.

Olib kelish oson. Lekin kelgan odam qachon yana qaytib keladi? Sharoit bo‘lsa! Qanaqa sharoit? Xavfsiz! Har tomonlama — sanitariya tomondan, ichki ishlar tomondan, dam olish tomonidan xavfsizlik.

Qaysi viloyatda Samarqanddagidek imkoniyatlar bor, degan savolni menga beringlar. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, unaqa viloyat yo‘q. Avvalambor, mehnatkash xalqi bor, juda katta intiluvchan xalqi bor.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev o‘zini qachon eng baxtli deb hisoblashini aytdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют