» » Shavkat Mirziyoyev: Ilohim, oyog‘imiz yerdan uzilmasin! (video)

Shavkat Mirziyoyev: Ilohim, oyog‘imiz yerdan uzilmasin! (video)


Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 17-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan maxsus reportaj “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish etildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev o‘zini qachon eng baxtli deb hisoblashini aytdi (video)

Tadbirda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev Samarqand faollariga nomiga, qo‘l uchida ishlash bilan hech qachon ijobiy natijaga erishib bo‘lmasligini yana bir bor eslatib o‘di.

Samarqand ahlining ertangi kuni sizlarning qo‘lingizda.Men bu yerga kelib, sizlarga tavsiya bera olaman, yo‘nalish berishim mumkin. Lekin bu tavsiya, yo‘nalishlarni mahkam ushlab, ularni xalq manfaati uchun yo‘naltirish sizning qo‘llaringizda.

Tumanning ertangi kunini xuddi farzandingizning taqdiri bilan teppa-teng ko‘rsangiz, odamlar o‘shanda sizga ishonadi. Ertalab kelib, ishxonada nomiga yursangiz, avvalgidek balandparvoz gaplarni gapirsak, hech qachon natija bo‘lmaydi.

Men sizlarga pastda yurgan odam sifatida, har safar aytyapman — ilohim oyog‘imiz yerdan uzilmasin!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют