» » O‘zbekistonda tez yordam mashinalari uchun jarimalarni bekor qilish taklif etildi

O‘zbekistonda tez yordam mashinalari uchun jarimalarni bekor qilish taklif etildi


O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmati haydovchilari tomonidan 2017, 2018-yillarda va 2019-yilning yanvar oyida jami 1 644 ta yo‘l harakati qoidalari buzilgan va bu raqamlar yildan-yilga ortib bormoqda. Bu qoidabuzarliklar aksariyat hollarda bemorlar murojaati bo‘yicha xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda sodir etilgan, deya xabar beradi O‘zA.

“Adolat” SDP fraksiyasi va partiya siyosiy kengashining ijroiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilishda shu masala ko‘tarildi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zolari tomonidan ishlab chiqilgan va Qonunchilik palatasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 171-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Loyiha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining O‘zbekiston Prezidentining tavsiyasi asosida sog‘liqni saqlash tizimi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini o‘rganishning yakuniy xulosalari, mutaxassislar bilan olib borilgan amaliy muloqotlar, tahlillar asosida ishlab chiqilgan.

Tez tibbiy yordam xizmati xodimlari ko‘magiga muhtoj bemorlar uchun har bir daqiqa, har bir soniya g‘animat. Shuning uchun shifokorlar chaqiruv joyiga vaqtida yetib borishi shart. Ba’zi kechiktirib bo‘lmaydigan shoshilinch holatlarda esa tez tibbiy yordam xodimlari yo‘l harakati qoidalarini buzishga majbur bo‘lmoqda va javobgarlikka tortilmoqda.

Taklif etilayotgan qonun loyihasining qabul qilinishi tez tibbiy yordam avtomashinalarining maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq amaliyotdagi ayrim muammoli holatlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi. Tez tibbiy yordam xizmati ko‘rsatuvchi transport vositalari haydovchilari asossiz yuridik javobgarligining oldi olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют