» » Toshkent davlat stomatologiya institutida odam a’zolari transplantatsiyasi muammolari muhokama etildi

Toshkent davlat stomatologiya institutida odam a’zolari transplantatsiyasi muammolari muhokama etildi


Toshkent davlat stomatologiya institutida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida O‘zbekistonning “Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ta’kidlanganidek, partiya faollari va deputatlarining o‘rganishlari natijasida bugungi kunda mavjud ba’zi cheklovlar tufayli mamlakatning tibbiyot sohasidagi salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti. Ayrim tibbiy muolajalarni o‘tkazish, xususan, transplantologiya masalasida fuqarolarimiz hamon xorijdagi tibbiyot muassasalariga murojaat etishga majbur bo‘lmoqda.

O‘tgan yildan e’tiboran akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarib kelinayotgan bo‘lsa, joriy yildan ushbu markazda mamlakat tibbiyoti tarixida birinchi marta jigarni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi yuqori natija bilan o‘tkazildi. Endilikda ushbu amaliyot Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi, akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida keng yo‘lga qo‘yilishi natijasida bir yilda o‘rtacha 100-150 ta operatsiya o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Shuningdek, Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti olimlari jahon tibbiyotining ilg‘or yo‘nalishi – o‘zak hujayra transplantatsiyasini o‘zlashtirib, hozirda uni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi.

Tadbir doirasida Toshkent davlat stomatologiya institutida yosh olimlar bilan ishlash amaliyoti hamda ularning tashabbus va takliflarini ro‘yobga chiqarish masalalari ham muhokama qilindi. Davra suhbati yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют