» » Toshkent moliya institutida “Fan to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi

Toshkent moliya institutida “Fan to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi


Toshkent moliya institutida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida “Fan to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda ilmiy faoliyatni yanada jadallashtirish yo‘lidagi muammolar va ularning yechimini aniqlash, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish, jumladan, “Fan to‘g‘risida”gi qonun loyihasini takomiliga yetkazish bilan bog‘liq vazifalar muhokama qilindi.

“Fan to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ekspertlari va partiya deputatlari hamkorligida ishlab chiqildi. Qonun loyihasi ayni vaqtda ilmiy jamoatchilik, olimlar, ekspertlar va faollar ishtirokida keng muhokama qilinmoqda.

Ta’kidlanganidek, mazkur qonun loyihasi, avvalo, sohaga doir atamalarni bir xil talqin qilishga imkon beradigan tushunchalar va me’yorlarni o‘z ichiga olgan. Uning muhim jihatlaridan biri ilmiy faoliyat sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aks ettirilganidir. Shuningdek, qonun loyihasida ilm-fan sohasini davlat tomonidan tartibga solish tamoyillari va qo‘llab-quvvatlash shakllari aniq bayon etilgan.

Bundan tashqari, qonun loyihasida ilmiy g‘oyalardan foydalanish imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb etish, ilmiy kadrlarga qo‘yilgan zamonaviy talablar, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasi, fan, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga oid qoidalar aks etgan.

Tadbirda amaliyotchilar, mutaxassislar, olimlar hamda deputatlarning qonun loyihasini yanada takomillashtirishga doir takliflari tinglandi. “Fan to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik ishtirokida yanada kengroq muhokama qilish hamda uni maromiga yetkazib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish hamda qabul qilinishiga erishish yuzasidan taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют