» » “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi

“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi xalqaro ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi


16-mart kuni Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida “Davlat-xususiy sheriklik: O‘zbekistonda xalqaro ilg‘or tajriba va standartlarni ilgari surish” mavzuida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Seminarda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvini isloh qilish jarayonida “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun loyihasini takomillashtirishning ahamiyati, rivojlangan demokratik davlatlarning bu boradagi tajribasini amaliyotga joriy qilish istiqbollari xususida so‘z yuritildi.

“O‘zbekiston bilan YeTTB o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan bo‘lib, unda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berilgan, — deydi YeTTB katta huquqiy maslahatchisi A. Zverev. — Moliyalashtirish xizmatlarining ehtimoliy dasturi, texnologiyalar va nou-xaular almashuvini ta’minlash shular jumlasidan. Bugungi seminar esa ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida YeTTB tomonidan ko‘rsatilayotgan texnik ko‘mak doirasida tashkil etildi”.

Tadbirda davlat-xususiy sheriklik tartibini joriy etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini xalqaro standartlarga moslashtirish masalalari muhokama qilindi.

Anjuman Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Shveysariya elchixonasi, YeTTBning mamlakatdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi hamkorligida tashkil etildi.

Unda qator vazirlik va idoralar, ilmiy muassasalar, xalqaro moliya institutlari vakolatxonalari, diplomatik korpus vakillari, tahlilchi va ekspertlar ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют