» » Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. TIV aybdorga qarshi sudda marhumning yaqinlari ishtirok etishi uchun yordam ko‘rsatilishini bildirdi

Qozog‘istondagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. TIV aybdorga qarshi sudda marhumning yaqinlari ishtirok etishi uchun yordam ko‘rsatilishini bildirdi


Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 2019-yil 4-aprel kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1986-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Xudoyor Jumanazarov halok bo‘lgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, marhumning jasadi O‘zbekistonga jo‘natilgan va dafn etilgan.

O‘zbekistonning Olmaotadagi bosh konsulligidan ma’lum qilishlaricha, hozirgi vaqtda YTH aybdoriga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi materiallarini sudda ko‘rib chiqish uchun prokuraturaga jo‘natish rejalashtirilmoqda va shu munosabat bilan marhumning qarindoshlari bu haqda xabardor qilingan.

“Zarurat tug‘ilsa, marhumning qarindoshlariga bo‘lajak sud majlisida ishtirok etishlarida yordam ko‘rsatiladi”, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют