» » Haqiqiy sahovat: AQShda noma’lum kimsa cherkovning 4 mln dollarlik ipoteka kreditini to‘lab berdi

Haqiqiy sahovat: AQShda noma’lum kimsa cherkovning 4 mln dollarlik ipoteka kreditini to‘lab berdi


AQShning Filadelfiya shahri (Pensilvaniya shtati)da noma’lum kimsa baptizm mazhabidagi cherkovning 4 million dollarlik ipoteka kreditini butunlay to‘lab berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Citizens Bank bank xodimlari bizga qo‘ng‘iroq qilib, ipoteka qarzi qoplanganini ma’lum qildi. Bu haqiqiy sahovat bo‘ldi. Bunday bo‘lishini kutmagandik va bu ish Yaratganning yordamisiz  amalga oshmagan bo‘lardi.

Richard Dent, cherkov boshlig‘i

Xabarda qayd etilishicha, sahovatli ishni amalga oshirgan kimsa noma’lumligicha qolishini istadi.

Cherkov boshlig‘i, shuningdek, noma’lum kimsaning to‘lovidan keyin ma’lum miqdorda pul qolganini ta’kidladi. Ortib qolgan mablag‘ga binoni ta’mirlash hamda cherkovga tashrif buyuradigan va shifoxonaga qatnaydigan qariyalarni tashish uchun mikroavtobuslar sotib olishga qaror qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют