» » Agent 007. O‘zbekiston termasi murabbiyi Deyan Jurjevich Qatar va Eronni o‘rganish uchun Dohaga uchib ketdi

Agent 007. O‘zbekiston termasi murabbiyi Deyan Jurjevich Qatar va Eronni o‘rganish uchun Dohaga uchib ketdi


O‘zbekiston milliy terma jamoasida bosh murabbiy Samvel Babayanga ko‘maklashayotgan mutaxassis Deyan Jurjevich Qatar — Eron uchrashuvini tomosha qilish uchun Dohaga jo‘nab ketgan. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan ko‘zlangan maqsad Qatar va Eron futbolchilarining harakatini kuzatib, o‘rganib borishdan iborat. O‘zbekiston terma jamoasi martning 28-sanasida Qatarni Toshkentga qabul qilsa, 12-iyun kuni Eron bilan o‘yin uchun Tehronga tashrif buyuradi. Shundan kelib chiqib, bo‘lajak raqiblarni puxta o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qatar — Eron o‘yini bugun — 23-mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. Uchrashuvga Jassim Bin Hadam stadioni mezbonlik qiladi. Tomonlarning Tehronda o‘tgan birinchi o‘yinida eronliklar so‘nggi ikki daqiqada ikkita gol urib, zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi — 2:0.

Bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da O‘zbekiston termasining Suriyaga qarshi o‘yini start oladi. Bellashuv Malayziyada bo‘lib o‘tadi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют