» » Suriya — O‘zbekiston. Beqaror vaziyat sabab o‘zga davlatda o‘ynashga majbur bo‘layotgan Suriya o‘yinni boshqa stadionga ko‘chirdi

Suriya — O‘zbekiston. Beqaror vaziyat sabab o‘zga davlatda o‘ynashga majbur bo‘layotgan Suriya o‘yinni boshqa stadionga ko‘chirdi


23-mart kuni Suriya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari JCh—2018 saralash bosqichi doirasidagi javob o‘yinida maydonga tushadi. Tomonlarning Toshkentda o‘tgan ilk uchrashuvida o‘zbekistonliklar 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Suriyadagi beqaror vaziyat tufayli mamlakat milliy terma jamoasi o‘z o‘yinlarini Malayziyada o‘tkazib kelayotgandi. Bu mamlakatda ular saralash bosqichida yetakchilik qilayotgan Eron va Janubiy Koreyadan 2 tadan ochko tortib olishga muvaffaq bo‘lgandi.

O‘zbekistonga qarshi bellashuv Malayziyadagi Seremban shahrida — Tuanku Abdul Rahman Stadium’da o‘tishi kerak edi. O‘FF matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur stadionning o‘yinga tayyor emasligi uchrashuvga uch kun qolganida ma’lum bo‘lgan. Shu boisdan bahs Malakka shahriga ko‘chirilgan. U 40 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Hang Jebat Stadium arenasida o‘tadi.

Suriya va O‘zbekiston termalari o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. Uchrashuvni “Sport” telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etishni rejalashtirgan.

Опубликовано: admin (20-03-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют