» » Suriya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi tarkibni e’lon qildi. OAV Samvel Babayan tarkibini kutish bilan band

Suriya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi tarkibni e’lon qildi. OAV Samvel Babayan tarkibini kutish bilan band


O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 saralashidagi navbatdagi raqibi Suriya 23-mart kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun tarkibini e’lon qildi. Bu tarkib 28-mart kuni Janubiy Koreya maydonida ham ko‘rinish beradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qilganicha yo‘q. Samvel Babayan katta ehtimol bilan bugun yoki ertaga bu masalani ochiqlaydi.

Suriya terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda O‘zbekistondan 0:1 hisobida yengilgandi. 2016-yilning 1-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Aleksandr Geynrixning 73-daqiqada urgan yagona goli o‘zbekistonliklarga g‘alaba keltirgandi.

Qo‘shimcha qilish kerak, Suriya bilan safar o‘yinida guruh yetakchilari hisoblangan Eron va Janubiy Koreya termalari 2 tadan ochko yo‘qotgan.

“Championat.asia” nashrining aniqlik kiritishicha, Ayman Hakim Suriya termasiga mahalliy chempionatda to‘p suradigan futbolchilardan tashqari Xitoy, Iroq, Qatar, Ummon, Iordaniya, Kuvayt hamda Saudiyada o‘ynayotgan legionerlarni ham jalb qilgan. Ular orasida qit’aning eng mashhur hujumchilaridan biri Umar Harbin ham bor.

Darvozabonlar
Ibrohim Alma — “Al-Ittihod”, Suriya
Ahmad Madania — “Al-Jaish”, Suriya
Mahmud Al Yusuf — “Viktori”, Maldiv

Himoyachilar
Ahmad As-Solih — “Xenan Jianye”, Xitoy
Alaa Ash-Shbli — “Naft Al-Vasat”, Iroq
Moayad Ajan — “Naft Al-Vasat”, Iroq
Hussayn Jvayed — “Az-Zavra”, Iroq
Umar Midani — “Al-Vahda”, Suriya
Xodi Al-Masri — “Al-Vahda”, Suriya

Yarim himoyachilar
Mahmud Al Mavas — “Umm Salal”, Qatar
Usama Umariy — “Al-Vahda”, Suriya
Xolid Al-Mubayid — “Al-Vahda”, Suriya
Oday Al-Jafal — “An-Najaf”, Iroq
Tamer Muhammad — “Dofar”, Ummon
Amro Jeniyat — “Ash-Shabob”, Ummon
Fahd Yusuf — “Al-Jazira”, Iordaniya
Izzeddin Al-Avad — “Al-Jaish”, Suriya
Vayel Ar-Rifaiy — “Al-Jazira”, Iordaniya

Hujumchilar
Umar Xarbin — “Al-Hilol”, Saudiya
Nasuh An-Nakdali — “Al-Ittihod”, Suriya
Firas Al-Xatib — “Al-Kuvayt”, Kuvayt
Ahmad Ad-Douni — “An-Najaf”, Iroq
Mardik Mardikian — “Al-Jazira”, Iordaniya.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют