» » Toshkentning Sayilgoh ko‘chasidagi ko‘chma kioskalar auksionga qo‘yildi

Toshkentning Sayilgoh ko‘chasidagi ko‘chma kioskalar auksionga qo‘yildi


Sayilgoh ko‘chasidagi ko‘chma pavilyonlar auksioniga marhamat, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

“Respublika mulk markazi” MChJ  tadbirkorlar uchun ochiq auksion savdosi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Auksion savdosida ishtirok etib, Sayilgoh ko‘chasidagi 40 ta hamda Sharof Rashidov va Buyuk Turon ko‘chasida joylashgan 7 ta yengil turdagi savdo shoxobchalarini ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritish mumkin.  Toshkent shahar hokimligi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUKga tegishli bo‘lgan ushbu pavilyonlardan har birining boshlang‘ich ijara narxi 8 000 000 so‘m.

Har bir pavilyonga bo‘lgan ijara huquqi shartnomasi 5 yil muddatga tuziladi.

Auksion savdosi 2019-yil 4-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab o‘tkaziladi. Arizalar rasmiy ish kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi (13:00 dan 14:00 gacha tushlik). Arizalar 2019-yil 2-iyul kuni soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Ko‘chma pavilyonlar 2019-yil 4-iyul kunigacha sotilmagan taqdirda ularning takroriy savdosi 2019-yil 19-iyul kuni soat 15:00 da o‘tkaziladi. Takroriy savdolarga arizalar  17-iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Arizalarni qabul qilish va savdo o‘tkazish manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, 1-Qoraqamish ko‘chasi, 1A-uy.

Murojaat uchun telefon: 71 228-79-52.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют