» » Botsvana chorvadorlari o‘zbek qorako‘liga qiziqish bildirmoqda

Botsvana chorvadorlari o‘zbek qorako‘liga qiziqish bildirmoqda


Toshkentdagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Botsvana hukumati va chorvadorlaridan iborat yirik delegatsiya qabul qilindi, bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib O‘zA xabar qiladi.

Unda qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov, “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori o‘rinbosari Ziyodulla Pirnazarov, qorako‘lchilik bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek, Botsvana oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vazirligi kotibi muovini Jon Kassius Moreki, chorvani parvarishlash departamanti rahbari Patrik Galek Zeyj, “Lobo ekinzorlari” fermer xo‘jaligi rahbari Balagi Jeferi, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha iqtisodchi Mokje Sepo hamda klaster bo‘yicha ijrochi direktor Sobole Saonelar ishtirok etdi.

Uchrashuvda botsvanalik mutaxassislarning ma’ruzalari va agrobiznes bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

Ta’kidlash joiz, mehmonlar o‘zbek qorako‘lchiligi bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlik xususida fikr almashdi, mo‘yna va noyob xususiyatga ega qorako‘l terilarining Botsvana bozorida xaridorgir ekanligi, bu borada o‘zbek qorako‘lchiligi tajribasini o‘z mamlakatiga tatbiq etish istagi borligini bildirdi.

Poytaxtdagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Botsvana hukumati va chorvadorlaridan iborat yirik delegatsiya qabul qilindi.

Unda qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov, “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori o‘rinbosari Ziyodulla Pirnazarov, qorako‘lchilik bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek, Botsvana oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vazirligi kotibi muovini Jon Kassius Moreki, chorvani parvarishlash departamanti rahbari Patrik Galek Zeyj, “Lobo ekinzorlari” fermer xo‘jaligi rahbari Balagi Jeferi, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha iqtisodchi Mokje Sepo hamda klaster bo‘yicha ijrochi direktor Sobole Saonelar ishtirok etdi.

Uchrashuvda botsvanalik mutaxassislarning ma’ruzalari va agrobiznes bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

Ta’kidlash joiz, mehmonlar o‘zbek qorako‘lchiligi bo‘yicha ko‘p tomonlama hamkorlik xususida fikr almashdi, mo‘yna va noyob xususiyatga ega qorako‘l terilarining Botsvana bozorida xaridorgir ekanligi, bu borada o‘zbek qorako‘lchiligi tajribasini o‘z mamlakatiga tatbiq etish istagi borligini bildirdi.

Uchrashuvda tomonlar qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, xususan sutchilik, parrandachilik va baliqchilik yo‘nalishlarida ham o‘zaro tajriba almashishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют