» » O‘zbekiston delegatsiyasi Missisipi shtatida muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Missisipi shtatida muzokaralar o‘tkazdi


Oliy Majlis Senatining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 10—14-fevral kunlari AQShda bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Delegatsiya tarkibiga Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev, Investitsiya va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Laziz Qudratov, shuningdek, sanoat birlashmalari, universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari kirdi.

Safar chog‘ida Missisipi shtatida gubernator Fil Brayant, kongressmen Trent Kelli, shuningdek, parrandachilik, o‘rmon xo‘jaligi va fermerlar uyushmasi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Missisipi qishloq xo‘jaligi va savdo departamenti o‘rtasida protokol imzolandi. Ushbu hujjat qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan tomonlar oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlash sohasida tajriba almashish, shuningdek, baliqchilik va parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha ish rejasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют