» » Samarqandda Damas g‘ildiragi quduqqa kirib ketib ag‘darildi

Samarqandda Damas g‘ildiragi quduqqa kirib ketib ag‘darildi


Samarqand shahridagi Amir Temur va Turkiston ko‘chalari kesishmasida Damas mashinasining g‘ildiragi quduqqa kirib ketib ag‘darildi. Zarnews’ning xabar berishicha, “Suvoqova” DUK Samarqand shahar filiali bu voqeaga izoh berdi.

Aniqlanishicha, mazkur hududdan 400 millimetrlik quvurdan toza ichimlik suvi o‘tgan. 2016-yilda mazkur suv quvuriga shu yerda qurilgan yangi ko‘pqavatli uylar ulangan. Ulanish jarayonlariga “Suvoqova” korxonasi tomonidan texnik shartlar belgilangan va quruvchiga suv tizimiga ulanish borasida tushunchalar berilib, jarayonga korxonamiz mutaxassislarining jalb etilishi lozimligi uqtirilgan.

Shunga qaramasdan, tadbirkorlar uyni tez muddatda qurish va topshirish maqsadida bu texnik shartlarga rioya qilmagan.Bundan tashqari, yo‘ldagi quduqlarga qo‘yilgan qopqoqlar ham davlat standartlariga mos kelmasligi oqibatida yuqoridagi baxtsiz hodisa yuz bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют