» » “Manchester Yunayted”ga “Sevilya” hujumchisi kerak

“Manchester Yunayted”ga “Sevilya” hujumchisi kerak


“Sevilya” hujumchisi Vissam Ben-Yedder karyerasini Angliya Premyer ligasida davom ettirishi mumkin, deya ma’lum qildi AS.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Ben-Yedderning shartnomasidagi tovon puli 40 million yevroni tashkil etadi. Avvalroq fransuzning o‘zi Andalusiya klubini tark etishni tark etishni xohlayotganini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Ben-Yedderning “Sevilya” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Unga “Yunayted”dan tashqari PSJ ham da’vogarlik qilmoqda.

Fransiyalik hujumchi 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют