» » Aris shahridagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni ko‘paydi

Aris shahridagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni ko‘paydi


Qozog‘istonning Aris shahrida portlashlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Sputnik’ning xabar berishicha, shartnoma asosida harbiy xizmat o‘tagan Nurlan Axmetov Chimkentda shifoxonada halok bo‘ldi.

Bundan avval ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ulardan biri shaharda istiqomat qilgan fuqaro bo‘lib, uning mashinasiga snaryad kelib tushgan. Ikkinchisi harbiy xizmatchi Bauirjon Alimbekov — uning jasadi harbiy qism hududida topilgan.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni ertalab Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in yuz berdi, keyinchalik omborxonada o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi.

Ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ta’kidlanishicha, 165 kishi tibbiy yordam uchun murojaat qildi, 89 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 15 nafari jonlantirish bo‘limida. Shahar aholisi evakuatsiya qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют