» » O‘zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsuli tayinlandi

O‘zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsuli tayinlandi


Rustam Kurganbayev O‘zbekiston Respublikasining Rostov-Don shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsuli etib tayinlandi. R.Kurganbayev bunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют