» » Namanganda fuqaro meros tufayli ukasining xotini va qizini pichoqlab o‘ldirdi

Namanganda fuqaro meros tufayli ukasining xotini va qizini pichoqlab o‘ldirdi


24.06.2019-yil soat 23:00 larda fuqaro A.A. (1961-y.t.) meros qolgan uyni sotishdan tushgan 97 mln. so‘m pul mablag‘ini o‘zaro taqsimlashda ukasi bilan nizolashib qolgan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Yuzaga kelgan nizo oqibatida ukasining uyida uning oila a’zolari bilan o‘zaro janjallashib, qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan dastlab ukasining turmush o‘rtog‘i G.M. (1964-y.t.) hamda uning qizlari X.A. (1987-y.t.) va G.A. (1994-y.t.)larning tanalarining turli joylariga bir necha marotaba urib, hodisa joyidan qochib yashiringan.

Olgan tan jarohatlari oqibatida G.M. va uning qizi X.A.lar hodisa joyida vafot etgan, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida G.A.ning hayoti saqlab qolindi.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan 24.06.2019-yilda A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют