» » Jizzax kollejlarida infraqizil aniqlagichli turniketlar o‘rnatilmoqda

Jizzax kollejlarida infraqizil aniqlagichli turniketlar o‘rnatilmoqda


Jizzax viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi Barcode Technology MChJ bilan hamkorlikda viloyat hududida joylashgan barcha kollejlarga EDK-1 infraqizil aniqlagichli turniketlar o‘rnatmoqda. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma mutasaddilari ma’lum qildi. 

Mazkur qurilma kollej o‘quvchilarini nazorat qilish, ota-onalarda farzandlarining darsga qatnashishi hamda o‘quv ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Ushbu turniketlar 1 daqiqada 100-120 nafargacha o‘quvchini ro‘yxatga olib, ta’lim muassasalariga muntazam kelmayotgan o‘quvchilarning ro‘yxatini shakllantiradi.

Shuningdek, bunday turniketlar orqali begona shaxslar o‘tganda signalizatsiya ishlab, uni suratga oladi va kompyuter xotirasiga saqlaydi. 

Опубликовано: admin (23-03-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют