» » Toshkentda xavfli buyumlar saqlagan voyaga yetmaganlar uchun ota-onalar javob berdi

Toshkentda xavfli buyumlar saqlagan voyaga yetmaganlar uchun ota-onalar javob berdi


Profilaktika kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi tibbiyot va bank kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida “Davomat” tadbirining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dars mashg‘ulotlariga qatnashmayotgan o‘quvchilar, shuningdek, sog‘liqqa zarar yetkazishga mo‘ljallangan xavfli buyumlar saqlagan voyaga yetmaganlarning ota-onalari farzandlarining qilmishi uchun javob berdi.

Kechqurun soat 22:00 dan boshlab voyaga yetmaganlarning tungi ko‘ngilochar maskanlar, internet-kafelarda ota–onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, bu tartibga rioya etmaganlar uchun tegishli chora ko‘rilishi haqidagi suhbatlar Orzu, Universitet, Miskin, Taraqqiyot va Chimboy mahallalarida bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni tunda xodimlar tomonidan reyd o‘tkazildi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют