» » Zelenskiy Putinga ukrainalik dengizchilarni ozod qilish masalasida murojaat qildi

Zelenskiy Putinga ukrainalik dengizchilarni ozod qilish masalasida murojaat qildi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ukrainalik dengizchilarni ozod qilish masalasida murojaat qildi, bu haqda Sputnik xabar qiladi.

“Barchamizda farzandlar bor, bolalarni ota-onalariga qaytarib bering”, — dedi Ukraina prezidenti Kiyevda o‘tkazilgan brifingda.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin harbiy dengizchilar bo‘yicha Rossiya notasiga javob xatini kelishmagan. Ushbu holat yuzasidan tushuntirish talab qildi.

Shuningdek, Zelenskiy ta’kidlashicha, u mamlakat tashqi ishlar vazirligi harakatlari haqida internetdan bilib olmoqda.

25-iyun kuni Moskva dengiz huquqi bo‘yicha xalqaro tribunal va Ukraina elchixonasiga nota yubordi. Unda aytilishicha, 24 nafar ukrainalik dengizchilarga nisabatan jinoiy ish davom etmoqda, biroq Rossiya “jinoiy-protsessual qonunchilik doirasida” yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Bunga javoban Klimkin Moskvadan Xalqaro tribunal qarorini zudlik bilan va so‘zsiz bajarishi va barcha qo‘lga olingan harbiylarni ozod qilishini talab qildi.

Kerch bo‘g‘ozida bo‘lgan hodisa

2018-yil noyabrda Ukraina harbiy dengiz kuchlariga qarashli bo‘lgan uchta kema Rossiya davlat chegaralarini buzdi va Rossiya hukumatining qonuniy talablariga rioya qilmasdan bir necha soat davomida xavfli manyovrlarni amalga oshirdi.

Chegarachilar qoidabuzarlarni ushladi. Kemalar bortida jami 24 harbiy bo‘lgan, ular ichida 2 nafari xavfsizlik xizmati xodimi.

Sud barcha harbiy xizmatchilarni davlat chegarasini buzgani uchun hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют