» » “Ipoteka bank” o‘zgartiriladi va Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida xususiylashtiriladi

“Ipoteka bank” o‘zgartiriladi va Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida xususiylashtiriladi


“Ipoteka bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini o‘zgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (523-son, 25.06.2019-y.), bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qiladi.

Qaror bilan, “Ipoteka bank” faoliyatining mustaqilligini ta’minlash uchun 2020-yil oxirigacha quyidagilar amalga oshiriladi:

— bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zoligiga ko‘rsatiladigan va tayinlanadigan nomzodlarni davlat organlari hamda ularning rahbarlari bilan kelishish tartibi “Ipoteka bank”ka tatbiq etilmaydi;

— bank kuzatuv kengashining yangi tarkibi davlat organlari rahbarlarining ishtirokisiz shakllantiriladi va mustaqil direktorlar soni 5 nafarga yetkaziladi hamda “Ipoteka bank” kuzatuv kengashi raisi mustaqil direktorlar orasidan saylanadi;

— bank rahbariyati shakllantiriladi va bankning bozor amaliyoti standartlari va ehtiyojlari asosida ijro etuvchi organ a’zolarining mehnatiga haq kuzatuv kengashi tomonidan to‘lanadi;

— loyihalarni bozor sharoitlaridan kelib chiqib kredit bilan ta’minlash va moliyalashtirish masalalari bo‘yicha qarorlar “Ipoteka bank” tomonidan mustaqil qabul qilinadi;

— “Ipoteka bank” mablag‘larini tijorat tashkilotlari ustav kapitallariga investitsiya ajratish uchun bank faoliyatiga xos bo‘lmagan tarzda jalb qilish taqiqlanadi.

“Ipoteka bank” ustav kapitalidagi davlat ulushi 2 oy ichida Moliya vazirligiga beg‘araz beriladi.

2022-yil oxirigacha bank ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foizdan kamaytiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют