» » Zelenskiy Vladimir Putinga ukrainalik dengizchilarni ozod qilish masalasida murojaat qildi

Zelenskiy Vladimir Putinga ukrainalik dengizchilarni ozod qilish masalasida murojaat qildi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ukrainalik dengizchilarni ozod qilish masalasida murojaat qildi, deb xabar beradi Sputnik.

“Barchamizda farzandlar bor, bolalarni ota-onalarga qaytarib bering”, — dedi Ukraina prezidenti Kiyevda o‘tkazilgan brifingda.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin harbiy dengizchilar bo‘yicha Rossiya notasiga javob xatini kelishmagan. Ushbu holat yuzasidan tushuntirish talab qildi.

Shuningdek, Zelenskiyning ta’kidlashicha, u mamlakat Tashqi ishlar vazirligi harakatlari haqida internetdan bilib olmoqda.

25-iyun kuni Moskva dengiz huquqi bo‘yicha xalqaro tribunal va Ukraina elchixonasiga nota yubordi. Unda aytilishicha, 24 nafar ukrainalik dengizchilarga nisabatan jinoiy ish davom etmoqda, biroq Rossiya “jinoiy-protsessual qonunchilik doirasida” muzokaralarga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Bunga javoban Klimkin Moskvadan Xalqaro tribunal qarorini zudlik bilan va so‘zsiz bajarishi va barcha qo‘lga olingan harbiylarni ozod qilishini talab qildi.

2018-yilning noyabrida Ukraina harbiy dengiz kuchlariga qarashli bo‘lgan uchta kema Rossiya davlat chegaralari buzgan va Rossiya hukumatining qonuniy talablariga rioya qilmasdan bir necha soat davomida xavfli manyovrlarni amalga oshirgan. Chegarachilar qoidabuzarlarni qo‘lga olgan. Kemalar bortida jami 24 harbiy bo‘lgan, ular ichida 2 xavfsizlik xizmati xodimi.

Sud barcha harbiy xizmatlarni davlat chegarasini buzgani uchun hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqargan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют