» » Prezident Yashnobod tumanida Janubiy Koreya fondi bilan hamkorlikdagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilishi bilan tanishdi (foto)

Prezident Yashnobod tumanida Janubiy Koreya fondi bilan hamkorlikdagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilishi bilan tanishdi (foto)


Yashnobod tumanida Janubiy Koreyaning Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik fondi bilan birgalikda barpo etilayotgan ushbu markaz 4 qavatli 4 ta blokdan iborat bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga 42 million dollarlikdan ziyod eng zamonaviy uskunalar o‘rnatiladi. Bu bolalar kasalliklariga 100 foiz diagnostika qo‘yish va davolash imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur tibbiyot markazi qurilishini borib ko‘rdi.

“Diagnostika to‘g‘ri bo‘lmagani, shifokorlar malakasi yetishmagani tufayli bemor bolalar, ularning ota-onalari ko‘p qiynalardi, og‘irroq kasal bo‘lsa, sog‘ligi nuqsonli bo‘lib ham qolardi. Bu markazning eng muhim tomoni shundaki, u mamlakatimizdagi hamma muassasalar uchun bazaviy bo‘ladi. Telemeditsina orqali uzoq hududlarimizdagi bolalarga ham yordam ko‘rsatiladi”, — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor berish kerakligini ta’kidladi. Bu borada ham Janubiy Koreya bilan hamkorlik qilinmoqda. Pusan universitetida 19 nafar shifokor malaka oshirib keldi. Yana ko‘plab shifokor, hamshira va axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar malaka oshirishga yuboriladi.

Ushbu muassasa yonida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda kattalar uchun ham ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qurish rejalashtirilgan. 300 o‘ringa mo‘ljallangan bu shifoxonada kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, endovaskulyar xirurgiya, angionevrologiya va ortopediya bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda yiliga 8 mingdan ortiq yuqori texnologik operatsiyalarni o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют