» » Davlat boshqaruvi akademiyasiga qabul kvotasi 1,5 baravar oshirildi

Davlat boshqaruvi akademiyasiga qabul kvotasi 1,5 baravar oshirildi


Davlat boshqaruvi akademiyasiga yangi qabul kvotalari va qoidalari Prezidentning 2019-yil 27-iyundagi PQ-4365-son qarorida belgilangan. Bu haqda Norma xabar berdi.

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida (keyingi o‘rinlarda - Akademiya) kadrlarni tayyorlash grant va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda bir yillik va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikki yillik magistraturaning ta’lim dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Qabul qilish faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tashkilotlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda respublika NNTlari tomonidan tavsiya etilgan shaxslar orasidan, joylarda nomzodlarni birlamchi saralab olish va keyinchalik Akademiyada test sinovlari va suhbat o‘tkazish yo‘li bilan tanlov asosida amalga oshiriladi. Nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar Prezidentning qarori bilan tasdiqlanadi.

Akademiya bitiruvchilarini rahbarlik lavozimlariga taqsimlash Prezident maslahatchilarining bo‘linmalari zimmasiga yuklandi.

Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kurslari:

2019/2020-o‘quv yili uchun “Davlat boshqaruvi” mutaxassisligi bo‘yicha quyidagi qabul kvotalari belgilandi:

Akademiya rektori Akademiyaga qabul qilish parametrlariga belgilangan umumiy kvotalar doirasida o‘zgartirish kiritishga haqli.

Shaxslarning davlat grantlari asosida tahsil olishi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ikki oy muddatda vazirlik va idoralar xususiyatidan kelib chiqqan holda malaka oshirish kurslarining kamida 30 ta o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasida davlat organlari ehtiyojlari asosida xorijiy mamlakatlarda o‘qitish uchun istiqbolli kadrlar ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.06.2019-yildan kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют