» » Shavkat Mirziyoyev Toshkent bilan Chorvoqni bog‘laydigan yangi avtomobil yo‘lini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent bilan Chorvoqni bog‘laydigan yangi avtomobil yo‘lini borib ko‘rdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlari hududida qurilgan yangi avtomobil yo‘lini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

19 kilometrdan ziyod uzunlikdagi mazkur yo‘l qurilishi uch bosqichda amalga oshirilishi belgilangan. Bugungi kunda uning 12 kilometri, jumladan, Chirchiq daryosi ustida ko‘prik barpo etilgan.

Ma’lumki, Toshkent shahrini Chorvoq hududi bilan bog‘laydigan avtomobil yo‘lida qatnov juda ko‘p. Dam olish mavsumida ko‘pincha tirbandlik yuzaga keladi. Bu yangi yo‘l katta yuklamani o‘ziga olib, masofani ham qisqartiradi, aholi va sayyohlarning kurort zonalarga tez va oson yetib borishini ta’minlaydi.

Prezident yo‘llar qurilishini izchil davom ettirish, bu sohada sifatni ta’minlash uchun malakali kadrlar tayyorlash zarurligini ta’kidladi. Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish institutida Germaniyaning o‘qitish tizimini joriy qilish, shu sohada o‘rta mutaxassislar tayyorlaydigan mintaqaviy kollejlar tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют