» » Fransiyada jazirama issiq tufayli tabiiy yong‘inlar yuzaga kelmoqda

Fransiyada jazirama issiq tufayli tabiiy yong‘inlar yuzaga kelmoqda


Fransiyaning janubida qariyb 550 nafar qutqaruvchi rekord darajada issiq tufayli yuzaga kelgan yong‘inlarni o‘chirmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Avvalroq mamlakat meteorologik xizmati Fransiyada tarixda ilk bor havo harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha 45 darajadan oshganini ma’lum qilgan. Yaqinda esa Fransiya IIV issiqlik tufayli mamlakatning to‘rtta departamentida meteoxavfning qizil (eng yuqori) darajasi qayd etilganini aytdi. Yana 76 ta departamentda xavfning olovrang darajasi e’lon qilingan.

Ayni paytda mamlakat janubidagi tabiiy yong‘inlarga qarshi kurashish maqsadida qariyb 550 nafar qutqaruvchi jalb etilgan. Ular Fransiya janubidagi Gar provinsiyasida yong‘inning 30 dan ortiq o‘choqlarini aniqlagan. Umumiy hisobda qamrab olingan yettita kommunada yong‘in 460 gektar yashil maydonni yo‘q qilgan. Kommunalarning birida yuz bergan yong‘in avtomagistral yopilishiga olib kelgan.

Fransiya hukumati fuqarolarni anomal issiq sharoitda o‘zining va yaqinlarining sog‘lig‘iga ayniqsa e’tiborliroq bo‘lishga chaqirgan. Bosh vazir Eduar Filipp jazirama issiqlik sababli mamlakatdagi 4 mingta maktab yopilganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют