» » Superliga. “Lokomotiv” Samvel Babayan bilan ilk g‘alabasiga erishdi, “Paxtakor” esa “Qo‘qon-1912”dan ustun keldi

Superliga. “Lokomotiv” Samvel Babayan bilan ilk g‘alabasiga erishdi, “Paxtakor” esa “Qo‘qon-1912”dan ustun keldi


29-iyun, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turi doirasida 2 ta o‘yin yakuniga yetdi.

Samvel Babayan qo‘l ostiga o‘tgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida “temiryo‘lchilar” vakillari Sardor Mirzayev (88) hamda Jamshid Iskandarov (89) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa toshkentliklar yangi bosh murabbiy Samvel Babayan boshchiligidagi dastlabki g‘alabasini tanatana qildi (2:0).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Lokomotiv” ochkolari sonini 27 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Jizzax klubi esa 17 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.

Shota Arveladze boshqaruvidagi Toshkentning boshqa bir jamoasi “Paxtakor” “Qo‘qon-1912” maydoniga safar qildi.

Bellashuvda qo‘qonliklar hujumchisi Shahboz Erkinov (29) urgan golga “sherlar” Shohrux Mahmudxojiyevning (78, 90) dubli bilan javob qaytardi.

Bahs yakuniga ko‘ra “Paxtakor” mehmonda “Qo‘qon-1912”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (2:1) va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Tur yakuniga ko‘ra, musobaqada yetakchilik qilayotgan “Paxtakor”ning ochkosi 35 taga yetdi. “Qo‘qon-1912” esa 8 ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinni band qilib turibdi.

Superliga

13-tur bahslari

29-iyun, shanba

Gollar: 1:0 — 88 Sardor Mirzayev, 2:0 — 89 Jamshid Iskandarov

Gollar: 1:0 — 29 Shahboz Erkinov, 1:1 — 78 Shohrux Mahmudxojiyev, 2:1 — 90 Shohrux Mahmudxojiyev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют