» » Superliga. “Paxtakor” Qo‘qonda mehmon bo‘ladi, “Nasaf” esa “Surxon”ni qabul qiladi

Superliga. “Paxtakor” Qo‘qonda mehmon bo‘ladi, “Nasaf” esa “Surxon”ni qabul qiladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turi doirasida so‘nggi 4 ta uchrashuv 29-iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Samvel Babayan qo‘l ostiga o‘tgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, “temiryo‘lchilar” avvalgi turda “Dinamo”ga yutqazib qo‘ygandi (1:2). “So‘g‘diyona” esa “Qo‘qon-1912” bilan durang o‘ynagandi (2:2).

Shota Arveladze boshqaruvidagi Toshkentning boshqa bir jamoasi “Paxtakor” “Qo‘qon-1912” maydoniga safar qiladi. Ikkala uchrashuv ham soat 18:00 da start oladi. Ma’lumot uchun, “sherlar” 32 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Qo‘qonliklar esa 8 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Ro‘ziqul Berdiyev boshliq Qarshining “Nasaf” klubi Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Qayd etish joiz, qarshiliklar 12-turda “Metallurg”dan 1:0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, “Surxon” o‘z uyida “Bunyodkor”ni 2:0 hisobida taslim qilgandi.

Shu kuni “Buxoro” jamoasi “Andijon” bilan bahsga kirishadi. Ikkala uchrashuv ham soat 20:00 da boshlanadi. Ta’kidlash joiz, buxoroliklar oxirgi turda “Navbahor”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi (1:3). “Andijon” esa OKMKga yutqazib qo‘ygandi (1:2).

“Bunyodkor” safarda “Dinamo”ni mag‘lub etdi

OKMK o‘z maydonida “Metallurg”ni yuta olmadi

“Navbahor” yangi murabbiy qo‘l ostida irodali g‘alabaga erishdi

Superliga

13-tur bahslari

29-iyun, shanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют