» » Tashqi savdo vazirligi 2019-yil I chorakda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish to‘g‘risidagi hisobotga sharh berdi

Tashqi savdo vazirligi 2019-yil I chorakda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish to‘g‘risidagi hisobotga sharh berdi


Markaziy banki tomonidan joriy yilning I choragida O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kirimlari to‘g‘risidagi hisoboti e’lon qilindi. Unga ko‘ra, mazkur davrda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar sof kirimi 198 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga kamaygan.  Bu haqda “Daryo”ga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuni ta’kidlash kerakki, jahon amaliyotida ko‘zlangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni hisoblashning turli usullari qo‘llaniladi. Markaziy banki tomonidan chop etilgan hisobot Xalqaro valyuta fondining metodologiyasi asosida tuzilgan bo‘lib, mamlakatning to‘lov balansini tuzishdagina qo‘llaniladi. Ya’ni pul mablag‘larini to‘lov shaklida bir davlatdan boshqa davlatga harakatini tavsiflaydi.

Shu bois, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kirimlari ko‘rsatkichi ma’lum davr mobaynida mamlakatga kirib kelgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi va ushbu davrda repatriatsiya qilingan investitsiyalar hajmi (kapitalni investorning mamlakatiga qaytarish) o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Ya’ni muayyan davrda mamlakat hududiga kirib kelgan va undan chiqib ketgan pul oqimlari saldosidir. Shu bilan birga, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kirimini hisoblash uchun asosan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul tushumlari hisobiga ustav kapitalini oshirilishi asos qilib olinadi.

Biroq, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof kirimlarini hisoblashning mazkur usuli ma’lum bir davr mobaynida mamlakatga jalb qilingan va o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning aniq holatini to‘liq ochib bermaydi. Shu munosabat bilan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda har yili O‘zbekiston Prezidentining Qarorlari bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturlari doirasida ma’lum davr mobaynida jalb qilingan va o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni hisoblashda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav kapitalini nafaqat pul ko‘rinishida oshirilishi, balki tovarlar shaklidagi investitsiyalar, shuningdek, nomoddiy aktivlar va texnologiyalar, litsenziyalar va boshqalar inobatga olingan holda hisoblab chiqilmoqda.

Asosiy kapitallarga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat statistika organlariga taqdim etiladigan “1-ID” va “2-invest” statistika hisobotlari asosida shakllantiriladi. Shu bilan birga, statistik hisobot xalqaro miqyosda e’tirof etilgan uslublar asosida har chorak yakuni bilan shakllantiriladi va albatta umumxalq nashrlarida chop etiladi.

Shunday qilib, statistik hisobotlarga asosan 2019-yilning I choragida o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 783,3 million dollarni tashkil etib, yillik prognozga nisbatan 11 foizni tashkil etdi. 2018-yilning mos davriga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi (325,8 million dollar) 457,5 million dollarga yoki 2,4 marta oshgan.

2019-yil 5 oy yakuni bilan o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 milliard dollarni yoki yillik prognozga nisbatan 40 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yil 1-yarim yilligida bu ko‘rsatkich 3,7 milliard dollarni yoki yillik prognozga nisbatan 52 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Shuni e’tirof etish joizki, so‘nggi yillarda investitsiya hajmlarining o‘sishi, neft-gaz sektori kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha an’anaviy tarzda e’tirof etiladigan sohalar bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlarda kuzatilmoqda.

Masalan, metallurgiya sanoati (2018-yilga nisbatan 2,4 marta oshgan), to‘qimachilik (2,7 marta), oziq-ovqat (3,1 marta), farmatsevtika (6,3 marta) kabi sohalarni bunga misol qilib keltirish mumkin.

Shu o‘rinda, hududiy loyihalar doirasida o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2018-yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 4 barobarga oshganligini alohida qayd etib o‘tish lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют