» » 1-iyuldan kira qilish uchun mashinani bo‘yash shart emas

1-iyuldan kira qilish uchun mashinani bo‘yash shart emas


Bugun, 1-iyuldan O‘zbekiston hududida kira qilish uchun mashinani bo‘yash talab qilinmaydi, bu haqda Uz24 ma’lum qiladi.

Yo‘nalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun (viloyatlarda sariq va Toshkent shahrida fil suyagi rangi) o‘zi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi, ularni bo‘yash shart emas. Bu Prezidentning 6-martdagi “Yo‘lovchi va yuk tashish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Yo‘nalishsiz taksilar avtobuslar uchun ajartilgan maxsus harakat yo‘nalishida harakatlanishi hamda “To‘xtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida to‘xtashi mumkin.

Shuningdek, mobil ilovalardan taksometr sifatida foydalanish mumkin. Yo‘nalishsiz taksilar uchun talab etiladigan to‘lov terminallari, hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari funksiyalarini maxsus ilovalar orqali (uyali telefonlar, planshetlar, elektron to‘lov tizimlari) amalga oshirish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-07-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют