» » Rasman: Kovachich “Chelsi” futbolchisiga aylandi

Rasman: Kovachich “Chelsi” futbolchisiga aylandi


“Real” yarim himoyachisi Mateo Kovachich rasman Londonning “Chelsi” klubiga o‘tdi. Bu haqda Madrid klubining rasmiy saytida xabar berildi.

“Klub Kovachichga yillar davomidagi faoliyati davomida o‘zining fidoyiligi, professionalligi hamda barchaga o‘rnak bo‘lgan xulq-atvori uchun minnatdorchilik bildiradi. Biz uning yangi bosqichdagi karyerasida ulkan zafarlar tilaymiz”, — deyiladi “Real” matbuot xizmati bergan ma’lumotda.

Eslatib o‘tamiz, Mateo 2015-yilning yozida “Real”ga “Inter”dan 35 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. 2018-yilning 8-avgustida esa Kovachich “Chelsi”ga ijara asosida o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Kovachich ortda qolgan mavsum Angliya Premyer ligasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 01:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют