» » Shavkat Mirziyoyev “Nazarboyev universiteti”ga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev “Nazarboyev universiteti”ga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hamrohligida “Nazarboyev universiteti” va MEGA Silk Way savdo markazini borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Universitetga ilk talabalar 2010-yilda qabul qilingan. Uning tarkibida 8 maktab, bir markaz va kutubxona bor. Ta’lim xalqaro andozalar asosida olib boriladi. Har yili 440 dan ortiq bakalavr va 170 dan ziyod magistr kadrlar tayyorlanadi.

Shavkat Mirziyoyev universitetning Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qo‘ydi.

MEGA Silk Way savdo markazida savdo do‘konlari, sport va ko‘ngilochar shoxobchalar, turli ofislar joylashgan. Ushbu markaz shu yil 10-iyundan 10-avgustgacha Ostona shahrida o‘tkaziladigan EKSPO—2017 xalqaro ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladigan me’moriy ansamblning muhim qismi hisoblanadi.

Bu yerda o‘zbek va qozoq xalqlarining ashula va raqslari, milliy hunarmandlik mahsulotlari namoyish etildi.

Prezidentlar EKSPO—2017 xalqaro ko‘rgazma maydonining “Nur olam” pavilyoniga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev EKSPO—2017 ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasi O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari va korxonalari o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli kelishuvlarga erishish yo‘lida muhim tadbir bo‘lishini ta’kidladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida Ostona shahrida O‘zbekiston Milliy sanoat ko‘rgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum ham bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev kuzatib qo‘ydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют