» » Prezident O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar berdi O‘zA.

Qonunga muvofiq, Hisob palatasi davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir.

Hujjatda belgilanishicha, Hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Ushbu qonun bilan Hisob palatasining mansabdor shaxslari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etishi hamda ularni bajarishi shartligi belgilab qo‘yildi.

Qonun talablarini aniq bajarishdan va ularga rioya etishdan har qanday tarzda chekinish, buning sabablari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qonuniylikning buzilishidir va u belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Hisob palatasi o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshiradi.

Hisob palatasi faoliyatiga davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi.

Hisob palatasi faoliyatini tekshirish O‘zbekiston prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 118) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют