» » Vitaliy Denisov: Biz oxirigacha kurashamiz!

Vitaliy Denisov: Biz oxirigacha kurashamiz!


O‘zbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarshi o‘yinini televizor orqali tomosha qilgan Vitaliy Denisov uchrashuv davomida o‘z fikrlarini bildirib bordi.

Denisov birinchi navbatda stadion chimidan nolib tvit yozdi. Uning fikricha, bunday maydonda o‘ynash futbolchilar uchun oson emas.

Qayd etish kerak, Suriya notinch vaziyat sabab o‘yinlarini o‘z uyida o‘tkaza olmayapti. Neytral maydon sifatida ular Malayziya yashil maydonlaridan foydalanmoqda. Avvalroq O‘zbekistonga qarshi uchrashuv o‘tadigan stadion mavsumga tayyor emasligi sabab, uch kun qolganida bellashuv boshqa stadionga ko‘chgani e’lon qilingandi. Aniq tomoni shundaki, har ikki terma futbolchilari bir xil maydonda va bir xil sharoitda harakat qildi.

Bu mag‘lubiyat bilan guruhdagi vaziyatimizni qiyinlashtirib qo‘ydik. Ammo imkoniyatimiz bor. Biz oxirigacha kurashamiz!

Vitaliy Denisov, O‘zbekiston termasi a’zosi

Vitaliy Denisov “Spartak” bilan o‘yinda jarohat olgani uchun Suriyaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. U katta ehtimol bilan 28-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Qatarga qarshi uchrashuvda ishtirok etadi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют