» » Namanganda Ural tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda fakultet tashkil etiladi

Namanganda Ural tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda fakultet tashkil etiladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Namangan davlat universiteti tarkibida O‘zbekiston—Rossiya qo‘shma “Tibbiyot” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Namangan davlat universiteti tarkibida Rossiya Federatsiyasining Ural davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikdagi O‘zbekiston—Rossiya qo‘shma “Tibbiyot” fakultetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.

Loyihada aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishni sifat jihatidan yaxshilash maqsadida yuqori malakali tibbiyot kadrlar tayyorlash va boshqalar fakultet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan.

Fakultetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida rus tilida, kunduzgi ta’lim shaklida O‘zbekiston oliy ta’lim davlat ta’lim standartlari talablari inobatga olingan holda universitetning Ural davlat tibbiyot universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, fakultetda 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab qabul kvotasi Namangan viloyatidagi mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.

Hujjatda fakultet talabalari mos ravishda ta’limning kamida 2 yilini (4 ta semestr) hamkor universitetda o‘qishi qayd etilgan.

Loyihada fakultet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjati sifatida e’tirof etilgan, universitet hamda hamkor universitet diplomlarini berish ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2019, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют