» » Dehlida O‘zbekiston—Hindiston siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Dehlida O‘zbekiston—Hindiston siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi


Dehli shahrida 23-mart kuni O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 13-raundi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maslahatlashuvlar vaqtida Hindiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Priti Saran boshchilik qildi. O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari nomi ma’lum qilinmagan.

“Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, BMT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning holati batafsil ko‘rib chiqildi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi”, — deyiladi TIV axborotida.

Ikki tomon ham ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berishi, turli darajalardagi doimiy muloqotning davom ettirilishidan manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Hindiston Hukumatlararo komissiyasi 11-yig‘ilishining kelishilgan muddatlarda o‘tkazilishi o‘zaro manfaatli savdoni kengaytirish, ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar, shu jumladan xorijiy investorlarga ulkan bojxona va soliq imtiyozlarini beradigan O‘zbekiston iqtisodiy hududlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratishiga ishonch bildirildi.

“Maslahatlashuvlar davomida diplomatlar tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqishdi”, — deya qo‘shimcha qilingan TIV axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют